«Barselona» hujumçisi Lionel Messining akasi Argentina sudi qaroriga köra hibsga olindi. AS naşri xabariga köra, Matias Messiga noqonuniy ravişda öqotar qurol saqlaş aybi qöyilişi mumkin.
Matias şifoxonada qolmoqda, u 23 dekabrgaça şu yerda böladi. Noqonuniy qurol saqlaş uçun 3,5 yildan 8 yilgaça qamoq jazolaşi belgilanişi mumkin.
Matias Messi u qirğoqda qoldirib ketgan qayiqda qon izlari va töpponça aniqlanganidan keyin qölga olindi. U Argentinaning qumli qirğoğida sayozlikka ötirib qolgan vaqtida jarohat olganini aytgan.

Matias 2016 yilda avtomobilida topilgan qurol uçun ma'muriy jazoga tortilgan. 2008 yilda ham u noqonuniy tarzda qurol olib yurgani uçun hibcga olingan. Avgustda esa Matias ona şahri Rosarioda avariyaga uçragan.











