Giyohvandlikka “asr vabosi”, “umr zavoli”, “taraqqiyot kuşandasi” degan ta'riflar berilişi bejiz emas. Çunki u millionlab insonlar hayotiga çang solib, qançadan-qança oilalarni parokanda etadi va şu orqali jamiyat rivojiga jiddiy tösiq böladi. Şu bois, dunyo hamjamiyati tomonidan, jumladan, mamlakatda ham bu illatga qarşi keng qamrovli kuraş olib boriladi.
Mazkur yönalişda tizimli tarğibot-tuşuntiriş işlari olib borilişiga qaramasdan giyohvand moddalarni noqonuniy tarzda yetiştiruvçi va oldi-sotdisi bilan şuğullanuvçilar uni iste'mol qiluvçi kişilar borligi açinarli hol. Yaqinda huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarini noqonuniy tarzda yetiştirib, oldi-sotdisi bilan şuğullanuvçi jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi.
Xususan, Qarşi şahridagi “Bilayn” kompaniyasi ofisi oldida fuqaro Ğanişer Aliyevning (ism-familiyalar özgartirilgan) şubhali harakatlari e'tiborni tortdi. Bu bejiz emasligi tezda ayon böldi: uning egnidagi kurtka çöntagida qoğoz parçasiga öralgan holatdagi oğirligi 1,2 gramm giyohvandlik moddasi bor ekan, deb xabar bermoqda Qaşqadaryo viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, Ğanişer mazkur giyohvandlik moddasini avvalroq Rossiya Federatsiyasida tanişgan Fozil Salimovdan 70 ming söm evaziga sotib olgan.
Şundan söng tadbir davom ettirilib, Qarşi şahridagi “Yerqörğon” dehqon (oziq-ovqat) bozori hududida Fozil Salimov hamda uning boşqaruvidagi “VAZ-2103” rusumli transport vositasi xolislar iştirokida közdan keçirildi. Maşinaning haydovçi örindiği ostida sotiş uçun möljallangan 5 dona qoğoz parçalariga öralgan, oğirligi 6,3 gramm giyohvand modda borligi aniqlandi.
Suriştirişlarda şu narsa ayon böldiki, Ğanişer Aliyev hamda Fozil Salimovni “zahri qotil” bilan Qarşi tumani Soxtapiyoz qişloğida yaşovçi Normat Aminov ta'minlab kelgan. Şunga köra, N.Aminovning xonadoni közdan keçirilganida, hovlining turli joylarida 6 tup ösimlik yaşirinça parvarişlanayotgani ma'lum böldi. Bundan taşqari, uning yaşaş uyida hamda Qarşi şahar 5-mittituman 6-uyda vaqtinça istiqomat qilib kelgan xonadonida oğirligi 45,4 gramm bölgan quritilgan holdagi giyohvandlik moddalari noqonuniy saqlab kelingani foş etildi.
Viloyat IIB EKB ekspert xulosalariga köra, aşyoviy dalil sifatida olingan giyohvandlik vositalari marixuana va kannabis ekanligi ma'lum böldi.
Hozirda mazkur huquqbuzarlik holati böyiça JKning tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












