Toşkentda afsonaviy "Kinoçilar uyi" binosini buziş boşlandi. Bu haqdagi tegişli fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari tomonidan joylaştirilgan.

1982 yilda qurilgan aynan şu binoda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining maşhur kinofestivallari ötkazilib kelingan. Kartinalar birdaniga uç kinozalda – 900 örinli, 230 va 50 örinlisida körsatilgan. Bu yerdagi restoran esa Özbekiston poytaxtidagi eng nufuzli joylardan biri sanalgan.

Şuningdek, Kinoçilar uyidan taşqari respublika Vizalar va röyxatdan ötkaziş bölimi, Toşkent metropoliteni boşqarmasi joylaşgan binolar ham buziladi. Şu tariqa Tashkent City xalqaro biznes markazini quriş uçun maydon oçiladi. Tashkent City xalqaro biznes markazi poytaxtning Alişer Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat köçalari oraliğidagi 80 gektar hududda barpo etiladi. Loyihaga muvofiq Tashkent City’da biznes markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, kongress-xol, körgazma zallari, köp qavatli zamonaviy uylar, restoranlar, sun'iy köl, favvoralar, ijtimoiy va boşqa obektlar quriladi. 

Foto: Facebook/Şoxira Xamro
Foto: Facebook/Şoxira Xamro

 

Foto: Facebook/Şoxira Xamro