AQŞ Oliy sudi mamlakat prezidenti Donald Trampning immigratsiya böyiça qabul qilgan farmoni ijrosini tikladi. Farmonda qator musulmon mamlakatlar, şuningdek KXDR va Venesuela fuqarolariga viza berişni taqiqlaydi. Bu haqda sud tarqatgan matbuot axborotnomasida söz yuritilgan. 

Unda ta'kidlanişiça, 9 sudyaning 7 nafari Oq uy ma'muriyati sörovini qanoatlantiriş böyiça ovoz bergan. Şu bilan quyi instansiyalar tomonidan sentabr oyida imzolangan farmon ijrosiga qöyilgan taqiq bekor qilindi. 

Şunday qilib, sud qarori hukumatga Suriya, Eron, Çad, Yaman, Liviya va Somali, KXDR hamda Venesuela fuqarolariga viza berişni taqiqlaşga ruxsat beradi. Sud hujjatda öz qarorini izohlamagan, biroq uşbu iş böyiça quyi instansiyalarda eşituvlar davom etişini kutayotganini bildirgan. Xususan, Kaliforniya ştati San-Frantsisko şahar apellyatsiya sudi va Virjiniya ştati Riçmond şahar apellyatsiya sudida mazkur iş körilmoqda. Unda prezident mazkur farmonni imzolaş bilan immigratsiya sohasidagi vakolatlarini suiiste'mol qilmayaptimi, degan savolga javob topişga urinib köriladi. Ikki sud ham bu jarayonni tezlaştirgan holatda olib bormoqda. Şunga binoan Oliy sud ulardan aniq bir töxtamga kelişlarini kutmoqda.

Oq uy ma'muriyati ham Oliy sud qaroriga öz munosabatini bildirdi. Oq uy matbuot kotibi örinbosari Hogan Gidlining bayonot berişiça, Vaşington ma'muriyati Oliy sud qaroridan "hayron qolgani yöq". "Farmon qonuniylik prinsiplariga asoslangan bölib bizning mamlakatimizni himoya qiliş uçun zarur", - deb qayd etgan Gidli. Uning qöşimça qilişiça, Oq uy Tramp farmonini quyi instansiyalarda ham himoya qiladi.