Nyu-Yorkdagi «kim oşdi» savdosida dunyodagi eng yirik brilliantlardan (taraşlangan qirrali olmos) biri sotildi. U 2017 yilning mart oyida Serra-Leone hududidan topilgandi, deb xabar bermoqda Africa News.
Ta'kidlanişiça, brilliantning oğirligi 709 qirot keladi (asl toşlar ölçovi; taxminan grammga teng). U Serra-Leone tarixidagi eng katta deb tan olindi va dunyoda qaçonlardir topilganlar içida 14-örinni egalladi.

Uning auksiondagi qiymati 6,5 million dollarga yetdi, qimmatbaho toşni esa, Inquirer.net portali ma'lumotlariga köra, britaniyalik zargar Lorens Graff xarid qildi.
Avvalroq umumiy oğirligi 14,93 qirot bölgan «Puşti va'da» noyob puşti brilliant Hongkongdagi Çristie's auksionida 31,8 million dollarga sotilgandi.











