Pentagon özida zarurat tuğilganda kassetali bombalarni qöllaş huquqini qoldirib, ularni yöq qilişni töxtatadi, deb xabar bermoqda Jane's 360 naşri.

Naşrning ta'kidlaşiça, amerikalik harbiylar kassetali bombalarni Pentagon ularning örniga muqobil qurol topmagunça qöllaşni davom ettiradilar. 

Kassetali öqdorilar böyiça 2008 yilda tayyorlangan konvensiya ayni vaqtda 100 ga yaqin davlat tomondan ratifikatsiya qilingan. Uşbu kelişuvda 10 yil içida kassetali qurolni yöq qiliş közda tutilgan.

Xitoy, Şimoliy Koreya, Rossiya va AQŞ rasman bu konvensiyaga qöşilmagan. AQŞ kassetali bombalarni öz taşabbusi bilan yöq qilişni boşlagan va rejaga köra, bu qurol turidan 2019 yilgaça töliq xalos bölişi kerak edi. 

Kassetali bomba özida önlab kiçikroq bombalarni saqlovçi snaryad-konteyner hisoblanadi.