AQŞning Time jurnali öz talqini böyiça “Yil odami” unvonini oliş uçun 10 nafar finalçi nomini ma'lum qildi.
Reytingdan Amazon asosçisi, milliarder Jyeff Bezos, namoyişlar böyiça rekordlar örnatgan “Mö'jiza-ayol” filmi rejissyori Petti Jyenkins, AQŞda politsiyaning qattiqqölligiga qarşi norozilik sifatida AQŞ madhiyasi yangragan vaqtda turişdan boş tortgan, amerikança futbol öyinçisi Kolin Kapernik örin olgan.
Reytingga kiritilgan siyosatçilar orasida Xitoy raisi Si Tszinpin, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad bin Salmon va AQŞning “Rossiya işi” böyiça maxsus prokurori, FQBning sobiq rahbari Robert Myuller bor.
Röyxatga, şuningdek, AQŞ prezidenti Donald Tramp ham kiritilgan. Biroq u avvalroq jurnalning ikkinçi marta “Yil odami” böliş taklifidan voz keçgan.
Naşr, şuningdek, röyxatga Dreamers (Orzumandlar) deb ataluvçilar – AQŞga noqonuniy kelgan ota-onalari tomondan olib kelingan yoşlar harakatini ham kiritgan. Ularning deportatsiyasini çeklovçi dastur Tramp ma'muriyati tomondan bekor qilindi.
Reyting finalçilari orasidan New York Times naşri taniqli kinoprodyuser Xarvi Vaynşteynning ayollarga şilqimliq qilişi böyiça tergov natijalarini çop etgandan keyin vujudga kelgan Me Too harakati ham örin oldi.
Ğolib 6 dekabrda ma'lum qilinadi.
Time talqini böyiça “Yil” odami 1927 yildan beri har yili aniqlab kelinadi. 1950-yillargaça bu unvonga aniq şaxslar loyiq topilgan, biroq keyinroq bu nom mavhum şaxslarga ham berilgan. Sobiq ittifoq fuqarolaridan Iosif Stalin (2 marta), Nikita Xruşçyov, Mixail Gorbaçev, Yuriy Andropov, keyinçalik esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu unvonga loyiq topilgan.

















