4 dekabrda Yamayka poytaxti Kingstonda afsonaviy sprinter Useyn Boltning bronzadan işlangan haykali oçildi. Haykalning tantanali oçiliş marosimida joriy yozda sportçilik faoliyatini tugatişini e'lon qilgan sportçining özi va mamlakat rahbariyati iştirok etdi.
Boltning haykali yamaykalik taniqli haykaltaroş Bezil Uotson tomondan yaratilgan bölib, milliy stadion yonida örnatildi. Uning balandligi 2,5 metrni taşkil qiladi.
“Menda his-tuyğularimni ifodalaşga söz yöq. Bu men uçun katta şarafdir. Men milliy stadion oldida, mening faoliyatim boşlangan joyda haykalim örnatilişi mumkinligini tasavvur ham qilmagandim”, deb izoh bergan sportçining özi.
Mamlakat boş vaziri Endryu Xoulness Bolt mamlakatning ijobiy imijini şakllantiriş uçun bebaho uluş qöşganini aytdi. Uning ta'kidlaşiça, şu sababli Yamayka Boltdan minnatdor.
Yamayka hukumati Boltga haykal qöyişga 2016 yildayoq qaror qilgan. Qayd etiş joizki, Bolt haykali yana bir afsonaviy yamaykalik – musiqaçi Bob Marli haykali yonida qad rostladi.












