Suv köpriklari — suv kanallari uzra qurilgan köprik tuzilmalari, ularda nisbatan kiçik kemalar navigatsiyasini amalga oşiriş mumkin. Ular daryolar, temir yöllar yoki trassalar ustidan quriladi. Köp asrlar davomida akveduklar (kanal orqali ötgan suv inşootlari) şaharlarni suv bilan ta'minlaş uçun qöllangan bölsa-da, XVII asrgaça ulardan heç harakatlaniş vositasi sifatida foydalanilmagan.
E'tiboringizga eng maşhur uç suv köprigini taqdim etamiz. Ba'zi suratlarga qarab, ular fotoşopda yasalgan deb öylab qoliş mumkin. Biroq bunday emas, bu köpriklar real hayotda mavjud va öz vazifasini bajarib kelmoqda.
Magdeburg suv köprigi (Magdeburg Water Bridge)

1. Eng maşhur va unutilmas suv köprigi Germaniyaning Magdeburgida joylaşgan. Bu dunyodagi eng uzun akveduk, uning uzunligi 918 metrni taşkil qiladi.

2. 2003 yilning oktabr oyida Magdeburg suv yöllari tizimining bir qismi sifatida oçilgan köprik Elba daryosini kesib ötib, Elba-Xafel kanalini Mittelland-kanal bilan tutaştiradi.

3. Elba-Xafel va Mittelland kanallari avval ham Magdeburg şahri yaqinida uçraşgan, biroq Elbaning turli qirğoqlarida, Elbada suv sathi ikki kanaldagidan pastroq bölgan. Şuning uçun bir kanaldan boşqasi tomon harakatlanuvçi kemalar 12 kilometrli yölni bosib ötişi, şlyuz hamda kema kranlaridan foydalanişga töğri kelgan. Daryodagi suv sathi pasayganida esa yuk bilan töla barjalar uçun bu variant ham imkonsiz bölardi.

4. Germaniyaning birlaşişi va asosiy suv transportlarining qayta yölga qöyilişi suv köprigi qurilişini ustuvor vazifalardan biri etib belgilanişiga sabab böldi. Işlar 1997 yilda boşlandi. Quriliş 6 yil davom etdi, unga 500 million yevroga yaqin mablağ sarflandi.



























