2019 yilning örtalariga borib, amaldagi Yevropa barqarorlaştiriş mexanizmi bazasida Yevropa valyuta fondi (YeVF) taşkil etiladi. Yevrokomissiya (YeK)ning çorşanba kuni tarqalgan bayonotida şu haqida ma'lum qilindi. YeKning ta'kidlaşiça, bu tuzilma yevro hududining barqarorlik asosi bölişi kerak. 

"Yevrokomissiya samaradorlik birligi hamda  Yevropa iqtisodiy va monetar ittifoqining hisobot darajasini oşiriş uçun aniq xatti-harakatlar böyiça yöl xaritasini işlab çiqdi", - deyiladi bayonotda. 

Mazkur dasturning birinçi punkti "Yevropa qonunçiligiga asoslanuvçi va Yevropa barqarorlik mexanizmi bazasida qurilgan Yevropa valyuta fondini taşkil etiş"ni öz içiga oladi. YeI kengaşi va Yevroparlament 2019 yilning örtalarigaça barça zarur qonunçilik hujjatlarini qabul qilişga çaqirildi, deyiladi bayonotda.