Hindiston qurolli kuçlari yangi modifikatsiyadagi Akash zenit raketasining muvaffaqiyatli sinovini ötkazdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda. Sinov jarayoni 5 dekabr kuni mamlakat şarqidagi Odişa ştatida ötkazilgan. 

"Uşbu muvaffaqiyatli sinov, Hindiston "yer-havo" turidagi har qanday raketani işlab çiqiş imkoniyatiga ega bölganini körsatadi", - deya mamlakat mudofaa vazirligi vakili sözini keltiradi telekanal. OAV xabariga köra, sinov vaqtida raketa öziuçar "Banşi" nişonini urib tuşirgan.

Hindistonning Akash zenit-raketa majmuasi 18 km balandlik va 30 km uzoqlikdagi havo nişonlarini urib tuşiriş uçun işlab çiqilgan.