Eron xalqaro huquq asoslarini buzmoqda, deb aytdi Kuvayt amiri Saboh al Ahmad Al Jabbor As Saboh Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik sammiti oçilişida.
“Eron hamon özini mintaqada xalqaro huquqni tartibga soluvçi davlatlararo munosabatlar asoslarini buzgan holda tutmoqda, yaxşi qöşniçilik tamoyillariga amal qilmayapti hamda davlatlar suvereniteti va ularning içki işlariga aralaşmaslik tamoyillarini hurmat qilmayapti. Bu tamoyillarga töliq amal qilinmas ekan, mintaqada barqarorlik bölmasligini tasdiqlaymiz”, deb aytgan As Saboh.
Kengaşga kiruvçi 6 ta davlat vakillari 5 dekabrda Kuvaytda har yillik an'anaviy sammitga mintaqadagi dolzarb muammolarni muhokama qilgani yiğilişdi. Sammit 6 dekabrda yakun topadi.












