Fors körfazida siyosiy inqiroz boşlanganidan buyon ilk marta ötkazilgan Fors körfazining arab davlatlari hamkorligi Kengaşining sammiti (Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, Ummon va Saudiya Arabistoni) bir soatga yaqin vaqt davom etdi. Uning iştirokçilari 37 punktdan iborat kommyunike (bayonnoma) böyiça kelişişga ulgurişdi. Bayonnomada AQŞning Isroildagi elçixonasi Tel-Avivdan Quddusga köçirilişidan tortib Suriya hamda Yamandagi vaziyat ham tilga olingan. Şu bilan birgalikda, sammitda Qatar tomonidan bayonot berilmadi.

Sammit oliy darajada ötişi aytilgan bölsada, unda faqat ikki davlat rahbari, mezbon Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh hamda Qatar amiri Tamim ibn Hamad Ol Soniy iştirok etdi. Dohaga boykot e'lon qilgan davlatlar rahbarlari al-Kuvaytga kelişmadi. Forumda bu davlatlarning hukumatlari vakillari iştirok etişdi.

Kuvayt amiri öz sözida özaro ziddiyatlar mavjud bölişiga qaramasdan, Fors körfazining arab davlatlari hamkorligi Kengaşi mavjudligini saqlab qolganini ma'lum qildi. U sessiya arafasida nizoni bartaraf etiş mexanizmini işlab çiqişga çaqirdi.

Sammit ikki kun davom etişi belgilangandi. BAA delegatsiyasi rahbari Anvar Gargaşning aytişiça, "Kuvayt noqulay şaroitlarda bu sammitni taşkil etiş orqali muvaffaqiyatga erişdi". Boşqa davlatlarning vakillari izoh berişdan tiyilişdi. Sammit arafasida Kuvayt amiri şayx Tamim "bu sammit Fors körfazida tinçlik va barqarorlik ta'minlanişiga xizmat qilişi"ga umid bildirib ötgandi.

Kommyunike
Uçraşuv iştirokçilari Fors körfazining arab davlatlari hamkorligi Kengaşi birligini saqlab qoliş borasida yakdil fikr bildirişdi, şuningdek, mudofaa sohasida va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş muhimligi qayd etildi. Yaman fuqarolari Eron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi husiyçilarga qarşi ("Ansorulloh" harakati) birlaşişga da'vat etildi, Quddusning maqomi özgarişi ehtimoliga munosabat bildirildi va uning oqibatlaridan ogohlantirildi, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraş masalalari muhokama etildi.

Bundan taşqari, 6 davlat vakillari Eron boşqa mamlakatlarning içki işlariga aralaşayotganini e'tirof etişdi va rasmiy Tehrondan "terrorçi guruhlarni moliyalaştirişni bas qiliş"ni talab qilişdi. Iştirokçilar Suriya, Liviya va Iroq masalasidagi pozitsiyalarini takrorlaşdi.

Hujjat Qatar va Kuvayt amirlari, Saudiya TIV rahbari Odil al-Jubayr, BAA davlat vaziri Anvar Gargaş, Bahrayn boş vaziri örinbosari Muhammad ibn Muborak ibn Hamad al-Xalifa va Ummon boş vaziri örinbosari Fahd ibn Mahmud as-Said tomonidan imzolandi.