Çexiya prezidenti Miloş Zeman NFA («Norozi fuqarolar aksiyasi») markaziy siyosiy harakati yetakçisi, milliarder Andrey Babişni respublika boş vaziri etib tayinladi. Tantanali marosim Pragada çorşanba kuni bölib ötdi.

"NFA Çexiya parlamentining Deputatlar palatasiga (quyi palata) saylovlarda, boşqa siyosiy partiyalarni katta farq bilan ortda qoldirib ğalaba qozondi (20 va 21 oktabr kunlari bölib ötdi – tahr.) hamda saylovçilarning qariyb 30 foizi ovozini oldi", - deya ta'kidlagan Miloş Zeman. Harakat oliy qonunçilik organining quyi palatasidagi 200 deputatlik mandatidan 78 tasiga egalik qiladi.

Andrey Babiş, Miloş Zemanning fikriça, "muvaffaqiyatli tadbirkor bölib, Çexiyada soliqlar tölaydi hamda muvaffaqiyatli siyosiy harakatni yaratişga erişdi". Uning, şuningdek, ta'kidlaşiça, yaqin vaqtga qadar sotsial-demokrat Boguslav Sobotkinning iste'foga çiqqan hukumatida moliya vaziri lavozimini egallagan siyosatçi öz kuçi bilan şunday muvaffaqiyatlarga erişgan.

"U moliya vazirlari orasida birinçi bölib, byudjyetning daromad bandlari xarajatlardan yuqori bölişini ta'minlay oldi", - deydi prezident.