Buyuk Britaniya kontrrazvedka xizmati MI5 rahbari Endryu Parker xavfsizlik xizmatlari Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey hayotiga suiqasdni bartaraf etişganini ma'lum qildi. Bu haqda Independent naşri xabar bermoqda.

Naşr ma'lumotlariga köra, Meyga suiqasd qilişga tayyorgarlik köriş gumoni bilan ötgan haftada London va Birmingemda 2 kişi qölga olingan. Ularga terrorçilik moddasi böyiça ayblov qöyilgan. Ma'lum qilinişiça, gumonlanuvçilar sumka ostiga niqoblangan bombani boş vazir qarorgohi yonida portlatib, söngra piçoq bilan hujum qilişmoqçi bölgan.   

London politsiyasining ma'lum qilişiça, Londonda yaşovçi 20 yoşli Zakariyo Rahmon va Birmingemda yaşovçi 21 yoşli Muhammad Aqib Imronga terakt tayyorlaş aybi qöyilgan. Biroq Skotland-Yardda bu ikki yigitning qölga olinişi Meyga suiqasd bilan boğlanganini tasdiqlaşdan boş tortilgan. Ma'lum qilinişiça, qölga olinganlar 6 dekabrda Vestminsterdagi sud oldida javob berişlari kerak böladi.  

5 dekabrda Parker vazirlar mahkamasi yiğilişida oxirgi yil içida Buyuk Britaniyada 9 ta teraktning oldi olinganini ma'lum qilgan. Umumiy hisobda joriy yilda Buyuk Britaniyada 5 ta terakt sodir etilgan. Ulardan eng yirik 22 may kuni qöşiqçi Ariana Grandening konserti vaqtida amalga oşirilgan. Bu terakt oqibatida 22 kişi, jumladan, 12 bola halok bölgandi.