Afğoniston prezidenti Muhammad Aşraf Ğani Toşkentda bölib ötgan ikki tomonlama muzokaralar yakunida özbek tilida bayonot berdi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonga taşrif bilan kelgan Afğoniston rahbari Muhammad Aşraf Ğani Köksaroy qarorgohida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşdi.

Prezident Aşraf Ğani muzokaralar yakunlanganidan söng özbek tilida nutq sözladi.

Şavkat Mirziyoyev afğonistonlik hamkasbining özbek tilidagi bu bayonotini olqişladi va bu ikki xalq tarixi, tili hamda madaniyati bir biriga juda yaqin ekanidan dalolat berişini alohida ta'kidlab ötdi.