I-bölim.

Bir-biri bilan raqobat qiluvçi davlatlarning Afğoniston içki siyosatiga aralaşuvi natijasida bu mamlakatda turli xil içki nizolar örtaga çiqarildi, behisob qurolli töqnaşuvlar yaratildi va millionlarça begunoh insonlar qurolli töqnaşuvlar natijasida nobud böldi. Dunyoning eng gözal tabiatiga va bir neça ming yillik tarixiy obidalarga ega ölka vayronaga aylantirildi. 

Dehqonçilik qilib yurgan, tijoratda savdo-sotiq qilib kun keçirayotgan va sanoatda işlab rözğorini tebratayotgan oddiy xalqning tinçligi buzildi. Afğonistonning davlat tizimi barbod qilinişi oqibatida tinçlik va farovonlikda yaşayotgan odamlar qöliga qurol olib öz oilasini himoya qilişga majbur böldi. Insonlar köngliga esa kin-adovat va bir-biridan qasd oliş kabi illatlar örnaşib oldi. 

Qurol sotişning bozori qayerda çaqqon böladi? Albatta, uruş bölayotgan joyda. Şu sababli Afğoniston keyingi 35 yil içida qurol işlab çiqaruvçi davlatlarining qurol sotadigan bozoriga aylantirildi. Insonlar ölimiga va minglarça oilalarning fojiasiga sababçi öqotar qurolning sotiliş joyi bölgan «ölim bozoridan» tuşadigan bir neça milliard dollarlik daromadlar esa siyosiy öyinlar yordamida kimlarningdir çöntagiga tuşdi, ularning baxtli va farovon yaşaşiga vosita böldi. Begunoh insonlarning ölimiga sababçi bölgan öqotar qurollarni sotiş yöli bilan topilgan mablağlar evaziga kimlarningdir davlati dunyoning eng boy odamlari yaşaydigan joylar deya madh etildi. Qançadan qança siyosatçilar «ölim bozoridan» tuşgan pullar yordamida özini dunyoning eng boy odamlari sifatida barçaga tanitib, boyliklarini olamga köz-köz qildi... 

Afğon xalqi nimaga erişdi? Beçora oddiy xalq ölim, musibat, ğam, taşviş çangaliga mahkum qilindi. Afğon xalqi dunyoning eng xaridorgir qurol bozorining iştirokçisi bölayotgani yetmagandek, Afğoniston giyohvand moddalar işlab çiqaruvçi va sotuvçi davlat sifatida dunyoning eng katta «ölim sotiş bozori»ga ham aylantirildi. Çorasiz qolgan oddiy xalq esa yana ölim, vahşiylik va baxtsizlik hukm surgan «ölim bozorining» iştirokçisi bölib qolaverdi. Afğonistonda davom etayotgan uruş va beqarorlik sababli u yerda yaşayotgan köpçilik avom xalqning muammosi faqat non topiş va jonini asraşdan iborat bölib qoldi. 

Uzoq davom etgan uruş tufayli hozirgi kunda afğon xalqining aksariyati davlat qonun-qoidalariga işonmaydigan ahvolga olib kelindi. Natijada davlat tizimining barça sohalarida muammolar yuzaga keldi va bunga yetarliça misollar mavjud. 

1.  Mamlakatda iqtisodiy farovonlik yöqoldi;
2.  Tirikçilik uçun kerak bölgan erkinlik yöqoldi;