Bitkoin kursi savdo tarixida birinçi marta 15 ming dollar körsatkiçdan oşib, 19 foizga ösdi. Coinmarketcap elektron kriptovalyuta maydonidagi ma'lumotlar şundan dalolat bermoqda. Bundan avval bitkoin kursi 14 ming dollardan oşgandi.

Bitkoin - blokçeyn texnologiyasi asosida bir xil nomli kriptovalyutaning markazlaştirilgan tizimi. Tizim konsepsiyasi 2008 yilning noyabrida Satosi Nakamoto taxallusi ostidagi muallif tomonidan taqdim etilgandi, biroq bitkoinning maşhurlik davri sönggi yillardagina kuzatilmoqda. Bitkoin emissiyasi tabiiy ravişda çeklangan va hozirga kelib ularning aksariyat qismi "qazib olingan".

2017 yilning avgustida kriptovalyuta klassik bitkoin va Bitcoin Cash'ga ajraldi. Bu  tranzaksiyalarni qayta işlaş tezligini oşirişi kerak bölgan yangilanişlarga doir bahslar natijasida kelib çiqdi.

Bundan avval Turkiyaning din işlari boşqarmasi bitkoinni islom ğoyalariga zid deb tan olgani haqida xabar berilgandi. Bu uning çayqovçilik xususiyati bilan boğlangan. Xabarda aytilişiça, musulmonlarga öz tabiatiga köra çayqovçilik jihozlaridan foydalaniş taqiqlangan. Şu sababli bitkoin islom ğoyalariga zid keladi. Xuddi şu tamoyil qolgan kriptovalyutalarga, jumladan blokçeynlar negizidagi onlayn-xizmat Ethereum’ga ham taalluqli.