Istiqbolda har qanday kasb ham xavfli bölişi mumkin. Hatto buxgalterga ham davlat tomonidan jiddiy jarima belgilanişi, menejyer esa zöravon mijozga yöliqişi heç gap emas. Qiyin damlar hammada böladi, biroq xatolar keçirmaydigan kasblar ham böladi. Bu yerda gap direktor bilan yoqimsiz suhbat emas, inson hayoti haqida bormoqda. Don'tPanic dunyoning eng xavfli 10 kasbi haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi. Bu kasblarni tanlaşdan avval köp marta öylab köring.

Ilon zahri yiğuvçisi

Mutaxassis öz kunini xavfli ilonlar bilan birga ötkazib, ularning zaharini qölda tortib oladi. Keng kölamli xavfsizlik çoralariga qaramay, doim qandaydir kutilmagan köngilsizliklar röy berib turadi.

Buqalar reyderi

Bu kasbni aniq oddiy deb aytib bölmaydi. Taxminan 90-yillar oxirida AQŞda buqalar poygasi keng tanila boşlagan. Çavandoz atigi 8 soniyalik çiqişi uçun katta summani qölga kiritişi mumkin bölgan. Statistikaga köra, reyder har 15 çiqişida taxminan 1 marta jiddiy jarohat olar ekan.

Konçi

Juda qiyin va xavfli iş. Konçilar hatto barça xavfsizlik tizimlari bilan ta'minlangan şaroitlarda ham öz hayotlarini xavf ostiga qöyişadi. Ularga har kuni xavf soya soladi: katta çuqurlik, atrofdagi yuqori harorat, portlaşlar, köçkilar, metan va gazdan zaharlaniş  ehtimoli...

Timsohlar bilan kuraşuvçi (restler)

Ha, bu dunyodagi eng keng tarqalgan bölmasa-da, haqiqatda  mavjud kasb. Timsohlarning oğziga qörqmasdan boş suquvçi botirlarni Osiyoda köriş mumkin — Bangkok hayvonot boğida bunday şoular doimiy tarzda ötkaziladi.