Biz vaqt doim kamlik qiladigan holatda yaşayapmiz. Bir vaqtning özida bir neça vazifa ustida işlaşimizga töğri kelmoqda. Har kuni juda köp ma'lumotga ega bölamiz, elektron poçta, messenjerlar orqali keluvçi xabarlar va qönğiroqlar esa diqqatni jamlaşni qiyinlaştiradi. Orada ijtimoiy tarmoqlarni közdan keçirib çiqişimiz kerak: döstlarimiz hayotidagi va umuman dunyodagi yangiliklarni ötkazib yubormadikmi? Muhim işlar uçun vaqt va kuç-quvvatni qanday asraş kerak? Forbes jurnalisti Sergey Pigarevning fikriça, eng avvalo, energiya zaxirasi va motivatsiyani pasaytiruvçi vaqt "öğrilari"dan xalos böliş kerak.
1. Tartibsizlikni bartaraf eting
Biz iş stolimiz yoki elektron poçtamizdagi tartibsizlik oqibatlarini yetarliça baholay olmaslikka moyilmiz. Iş stolini tartibga keltiriş taxminan bir soat vaqt oladi, xaosda muayyan bir faylni izlaş esa - "atigi" ikki daqiqa. Bu daqiqalarni haftasiga olti kun va kuniga bir neça marotaba yöqotişimiz haqida esa öylamaymiz ham. Aslida kompyuter iş stoli va poçtani tartibga keltirişga vaqtinçalik vaqt sarfi bir neça haftada qoplanadi. Yodingizda bölsin, endi siz özingizga kerakli faylni qidirib asabiylaşmaysiz va motivatsiyani yöqotmaysiz.

Şunday qilingki, kompyuter qarşisida işlayotganingizda sizni heç nima çalğitmasin. Buning uçun barça predmetlarni (stikerlar, ruçka, qalamlar, kundalik va b.) stol çekkasiga joylaş kerak. Siz va monitor örtasida, şuningdek uşbu körinmas trayektoriyadan 10-15 santimetr masofada klaviatura va siçqonçadan boşqa heç narsa bölişi kerak emas. Köz oldimizdagi predmetlar bizni çalğitadi, diqqatimizni böladi. Siz muayyan bir vazifa ustida işlayapsiz va kutilmaganda közingiz 2-raqamli vazifa muhrlangan stikerga tuşadi. Siz uni öqib, mulohaza qilguningizga qadar bir neça daqiqa yöqotasiz.
2. Köproq "qurbaqa yeng"
Biz doim orqaga suradigan mayda yoqimsiz vazifalar bor. Bu qöl ostimizdagi xodimlar bilan yoqimsiz suhbat, maoşni oşiriş haqida söraş yoki telefon qönğiroği bölişi mumkin. Bunday vazifalar "qurbaqalar" deb ataladi. Biz har kuni "Bugun aniq şu işni qilaman" deymizu, biroq yana va yana uni orqaga suramiz. Bu esa bizning energiya va vaqtimizni oladi: biz muhim işlardan çalğib, xayolan ularga qaytamiz. Keça yoki ötgan kuni şu vazifani bajarmaganimiz uçun özimizni ayblaymiz va özimizga bölgan işonçni yöqotamiz. Bundan taşqari, bajarilişiga bir neça daqiqa ketişi mumkin bölgan işlar vaqt ötgan sari jiddiy muammoga aylanişi mumkin.













