Rinspeed kompaniyasi Snap modulli haydovçisiz qurilma haqida, uning 2018 yilning boşida Las-Vegasda taşkillaştiriladigan CES iste'mol elektronikasi körgazmasidagi rasmiy taqdimotidan avval barça ma'lumotlarni oşkor qildi. Kontsept-karning eng öziga xos jihati transport vositasidan turar-joy moduliga aylaniş imkoniyati böladi.

Rinspeed Snap töla boşqariluvçi şassiga ega özi yurar platforma va yuqorida örnatilgan kapsuladan iborat, u ham yölovçilarga möljallangan, ham yukli bölişi mumkin. Yangilikning uzunligi 4682 millimetrni, balandligi - 1842, kengligi - 1960, ğildirak bazasi esa 3250 millimetrga teng. Kontsept-kar oğirligi – taxminan 1700 kilogramm.

Foto: Rinspeed

Haydovçisiz transport vositasini elektr kuç qurilmasi harakatga keltiradi, u ZF kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. Uning minimal quvvati – 38 ot kuçi, maksimal – 69. Elektmotor hajmi 12 kilovatt-soat bölgan akkumulyatorlar blokidan quvvat oladi. Snap «yuzga» beş soniyada çiqişi mumkin, hamda bir quvvatda 100 kilometrgaça masofani bosib öta oladi.

Haydovçisiz qurilmaning modulli konstruksiyasi afzalligi şundan iboratki, platformani doimiy tarzda yaxşilab boriş mumkin – uning elektron qismlari har bir neça yilda almaştirişni talab qiladi. Quvvatlantiriş yoki platformani almaştiriş vaqtida, kapsula, tirgaklarda kötarilib, turar-joy moduli yoki mobil ofis sifatida işlaşi mumkin.

Foto: Rinspeed

Snap taşqi dunyo bilan vizual muloqot uçun oltita proyektordan foydalanadi. Ikkitasi old va orqa oynaga harakatning boşqa iştirokçilariga xabarlarni çiqaradi, törttasi yölovçilar bilan özaro aloqaga kirişiş uçun yon oynalardan foydalanadi.

Rinspeed Snap’ning har bir foydalanuvçisida uçta displey böladi. Aylanuvçisi şaxsiy ma'lumotni çiqarişga möljallangan, boşqa ikkitasi – umumiy, ularda yönaliş haqida ma'lumotlar, taşqi kameralardan videolar va köngiloçar kontent paydo böladi. Bundan taşqari, kontsept-kar Lexicon keng hajmli tovuş çiqariş audiotizimiga ham ega.

Foto: Rinspeed