Yevropa Çempionlar Ligasi guruh bosqiçining 6-turi uçraşuvlari doirasida «Liverpul» Moskvaning «Spartak» klubini mağlub etdi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 7:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Bu mağlubiyat Rossiya klublarining yevrokuboklardagi eng yirik mağlubiyatiga aylandi. Şu vaqtgaça rus klublari heç qaçon xalqaro maydonda 6tadan ortiq töp farqi bilan yutqazmagandi.

Bu natija orqali «Spartak» Moskvaning boşqa bir jamoasi TsSKA tomonidan qayd etilgan antirekordni yangiladi. «Armiyaçilar» 1993 yilning 17 martida Çempionlar ligasi doirasida «Marsel»ga  0:6 hisobida yutqazgandi.

1993 yilning 14 sentabrida UYeFA Kubogining 1/32 finalida «Dinamo» «Ayntraxt»ga (Frankfurt-Mayn) 0:6 hisobida yutqazgan.

«Spartak»ning turnirdagi bundan avvalgi eng yirik mağlubiyati 2002/03 yilgi mavsumda qayd etilgandi. Öşanda ham jamoa «Liverpul»ga YeÇL uçraşuvida 0:5 hisobida yutqazgan.