Xiaomi kompaniyasi Redmi 5 va Redmi 5 Plus smartfonlarini rasman namoyiş etdi. Qurilmalarni boşqa smartfonlardan ajratib turadigan asosiy jihati — 18 : 9 tomonlar nisbatiga ega va yon tomonlari deyarli hoşiyasiz zamonaviy ekran. Orqa panelda — barmoq izlari skaneri va bir kamera. Smartfon alyuminiydan işlangan va u havorang, puşti, tillarang hamda qora ranglarda taqdim etiladi.
Qolgan xususiyatlari quyidagiça:
- Protsessor: Qualcomm Snapdragon 450 (Redmi 5), Snapdragon 625 (Redmi 5 Plus);
- 1440 × 720 pikselli 5,7-dyuymli ekran (Redmi 5), 2160 × 1080 pikselli 5,99-dyuymli ekran (Redmi 5 Plus);
- 2 yoki 3 Gb operativ xotira (Redmi 5), 3 yoki 4 Gb operativ xotira (Redmi 5 Plus);
- 3 300 mAs siğimli akkumulyator (Redmi 5), 4 000 mAs (Redmi 5 Plus);
- 16 yoki 32 Gb kenglik (Redmi 5), 32 yoki 64 Gb (Redmi 5 Plus);
- Orqa kamera - 12 Mp, old kamera - 5 Mp.

2 Gb operativ va 16 Gb içki xotiraga ega Redmi 5 narxi taxminan 120 dollarga baholanmoqda. 3 Gb va 32 Gb'li model esa - taxminan 135 dollar. Redmi 5 Plus'ning boşlanğiç narxi - 150 dollar atrofida (3 Gb va 32 Gb). 4 Gb va 64 Gb'li variant uçun esa taxminan 180 dollar sarflaşga töğri keladi.
Smartfonlar hozirça faqat Xitoyda namoyiş qilindi. Ular 12 dekabr kuni sotuvga çiqadi.













