Yevropa Ittifoqi jahonning 17 mamlakatini haddan ortiq soliq imtiyozlari berişda ayblab, soliq böyiça “qora röyxati”ga kiritdi. 

YeI röyxatida Janubiy Koreya, Barbados, Sent Lusiya, Bahrayn, Panama va Birlaşgan Arab Amirliklari kabi davlatlarning nomi mavjud. Ular “soliq masalalarida hamkorlik qilmaydigan mamlakatlar” deb ataluvçi röyxatga kiritilgan. 

YeIga köra, mazkur mamlakatlar “taşqi siyosat, iqtisodiy munosabatlar va hamkorlikni rivojlantiriş”ga doir jazo çoralari bilan yuzma-yuz kelişi mumkin. 

Uşbu davlatlar soliq imtiyozlarini taqdim etişda ayblanmoqda. Bu ularning noxolis soliq amaliyotlarini ötkazişini yoki YeI bilan muhim moliyaviy ma'lumotlarni almaşmasligini bildiradi. 

Karib havzasi mamlakatlarining ayrimlari, jumladan Britaniya Virjin orollari mintaqada hukm surgan dovullar sababli bu röyxatga vaqtinça kiritilmagan. Biroq keyinçalik yangilangan röyxatga kiritiliş ehtimoli ham yöq emas. 

YeI soliq böyiça “qora röyxati”ni kamida yiliga bir marta yangilab turişini bildirmoqda. Bu yilgi röyxatga esa quyidagi davlatlar kiritildi:

Amerika Samoasi, Bahrayn, Barbados, Grenada, Guam, Janubiy Koreya, Makao, Marşall orollari, Möğuliston, Namibiya, Palau, Panama, Sent Lusiya, Samoa, Trinidad va Tobago, Tunis, BAA. 

Boşqa ba'zi davlatlar şaffoflikni oşiriş, soliq qonunçiligini özgartiriş va islohotlar ötkaziş orqali ijobiy natijalarga erişa boşlagani tufayli bu röyxatdan çetda qolgan.