Germaniya sotsial-demokratik partiyasi yetakçisi Martin Şults Yevropa integratsiyasini çuqurlaştirib, 2025 yilga qadar Yevropa qöşma ştatlarini taşkil etişga çaqirdi. Bu haqda EU Observer xabar bermoqda.
“Federal Yevropaga asos soladigan konstitutsiyaviy kelişuv lozim”, deb aytgan Şults.
Şults Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlarga ratifikatsiya uçun uşbu konstitutsiyaviy kelişuvni taqdim qilmoqçiligini ma'lum qildi. Uning aytişiça, bu hujjatni qöllab-quvvatlamaydigan davlatlar YeIni tark etişlari lozim böladi.
Şults yanada mustahkamlanadigan ittifoq Germaniya, Avstriya, Finlyandiya, Fransiya va Niderlandiyada kuçayib borayotgan öng millatçilar harakatiga qarşilik körsata oladi.












