11 dekabr kuni Yevropa Ligasining pley-off bahslariga qur'a taşlaş marosimi ötkaziladi.

Unda jamoalar 2ta savatçaga ajratiladi. Birinçi savatçadan Yevropa Ligasi guruhi ğoliblari va Çempionlar Ligasi guruhida uçinçi örinni egallagan eng yaxşi törtta klub joy oladi.

Yevropa ligasi guruh bosqiçini 2-örin bilan tugatgan va Yevropa çempionlar ligasi guruh bosqiçida 3-örinni egallagan eng yomon körsatkiçdagi 4 jamoa ikkinçi savatçadan joy oldi.

Savatçalar tarkibi quyidagiça:

Birinçi savatça: TsSKA, «RB Leyptsig», «Atletiko Madrid», «Sporting», «Vilyarreal», «Dinamo» (Kiyev), «Braga», «Lokomotiv», «Viktoriya» (Plzen), «Arsenal», «RB Zaltsburg», «Atletik», «Zenit», «Milan», «Atalanta», «Latsio».

Ikkinçi savatça: «Napoli», «Spartak», «Seltik», «Borussiya» Dortmund, «Astana», «Partizan», «Ludogorets», AYeK, «Lion», «Kopenhagen», «Styaua», «Tsrvena Zvezda», «Marsel», «Estersund», «Nitstsa», «Real Sosedad».

1/16 final bosqiçining dastlabki uçraşuvlari 15 fevral kuni ötkazilsa, javob uçraşuvlari 22 fevral kuniga möljallangan.