7 dekabr oqşomida Yevropa Ligasida 6-tur uçraşuvlari ötkazildi va keyingi bosqiçda iştirok etadigan yana bir qator jamoalar nomlari ma'lum böldi.

Yevropa Ligasi, guruh bosqiçi
6-tur
A guruhi
Qozoğistonning «Astana» klubi Yevropa Ligasining oxirgi turida Praganing «Slaviya» klubi mehmoni böldi ğalaba qozonib, guruhdan çiqdi. Öyindagi yagona gol 38-daqiqada qozoğistonliklar himoyaçisi Marin Aniçiç tomonidan urildi. 

Parallel keçgan uçraşuvda «Makkabi» «Vilyarreal»ni mağlub etdi — 1:0.

Şu tariqa, «Astana» öz tarixida ilk marta turnirning pley-off bosqiçida iştirok etadigan böldi, «Slaviya» turnirni tark etdi. 

A guruhida yakuniy vaziyat: 1. «Vilyarreal» — 11 oçko; 2. «Astana» — 10; 3. «Slaviya» — 8; 4. «Makkabi» — 4.

Slaviya Çexiya – Astana Qozoğiston 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 38 Aniçiç.
Ogohlantirişlar: Sobol (42), Mujikov (53), Eriç (78), Şitov (83), Stox (88), Netsid (90).

Vilyarreal Ispaniya – Makkabi Tel-Aviv Isroil 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 60 Blekmen.
Makkabi Tel-Aviv –    Raykoviç, Baben, Davidzada, Şpungin, Tibi, Perets, Rikan (Battokkio, 83), Mixa (Dasa, 72), Golasa, Blekmen (Atar, 90), Şenfeld.
Ogohlantirişlar: Tibi (14), Perets (33).

B guruhi
Kiyevning «Dinamo» klubi «Partizan»ni 4:1 hisobida mağlub etdi. Mezbonlar safida Junior Morayes het-trik qayd etdi. Parallel keçgan uçraşuvda «Yang Boyz» va «Skenderbeu» özaro öynadi. 51-daqiqada albanlar Enis Gavazayning goli evaziga oldinga çiqişdi, ammo tezda şveysarlar javob qaytarişdi — Giyom Oaro gol muallifi. Öyin oxirida Rojyer Assale «Yang Boyz»ga irodali ğalaba keltirdi. 

B guruhida yakuniy vaziyat: 1. «Dinamo» Kiyev — 13 oçko; 2. «Partizan» — 8; 3. «Yang Boyz» — 6; 4. «Skenderbeu» — 5.