AQŞ prezidenti Donald Trampning reytingi uning inauguratsiyasi vaqtidan beri minimal qiymat – 32 foizgaça tuşib ketdi. Bundan Pew Research Center tadqiqot markazi tomonidan ötkazilgan jamoat fikrini örganiş sörovnomasi natijalari darak bermoqda.

Tadqiqot markazi saytida joylaştirilgan ma'lumotlarga köra, Trampning siyosatini ayni vaqtda 32 foiz amerikalik ma'qullaydi, 63 foizi esa ma'qullamaydi.

Gallup ijtimoiy xizmati ma'lumotlariga köra, oktabrda Trampning faoliyatini 33 foiz amerikalik ma'qullagan va bu antirekord bölgandi. Qayd qiliş kerakki, avvalgi prezident Barak Obamaning reytingi 38 foizdan pastlamagan.

Pew Research Center sörovnomani 29 noyabrdan 4 dekabrgaça ötkazgan va unda 1,5 ming amerikalik iştirok etgan.