2018 yilda Hilton’ning barça mehmonxonalaridagi Hilton Honors dasturi mehmonxonada yaşovçilarga xonadagi yoruğlikni, isitiş tizimini va boşqa qulayliklarni boşqariş imkonini beradi. Kelgusida xonalarni ovozli yordamçiga ega aqlli dinamiklar bilan jihozlaş közda tutilgan. “Aqlli xona” dasturi mehmonxonalardan birida sinovdan ötkazilmoqda.   

Dastur allaqaçondan beri röyxatga oliş va röyxatdan çiqariş kabi oddiy funksiyalarni bajarişga imkon beradi. U yordamida, şuningdek, magnit kalit örniga xonalar eşiklarini oçiş mumkin. Endi Hilton Honors dasturi xonani taşrif buyuruvçilar uylaridagi kabi şaroitlarga maksimal moslay oladi. Dastur çiroqni yoqib-öçiradi, kerakli haroratni tanlaydi va televizorni siz odatda tomoşa qiladigan kanallarda yoqadi. 

Smartfonlari va planşetlarida dastur örnatilmagan taşrif buyuruvçilar ham aqlli xonaning ba'zi funksiyalaridan foydalana olişadi. Bu funksiyalar xonadagi televizorda tasvirlanadi, ularni pult yordamida boşqariş mumkin. Istiqbolda Hilton xonalarda keyingi taşriflar uçun sozlanmalarni saqlab qöyiş uçun Google Home yoki Amazon Echo kabi aqlli karnaylarni örnatişni rejalaştirgan. 

Hilton öz biznesiga ançadan beri yuqori texnologiyalarni tatbiq qilib keladi. Misol uçun, Virjiniya ştatidagi McLean mehmonxonasida robot-konserj Konni işlaydi. Robotga bunday nom tarmoqning asosçisi Konrad Xilton şarafiga qöyilgan. Konni Aldebaran Robotics fransuz kompaniyasining NAO roboti negizida yaratilgan. NAO “öyinçoq” körinişi, raqsga tuşiş va yoga bilan şuğullanişi bilan ma'lum. Konni esa mehmonlarni kutib olib, jadval, körsatiladigan xizmatlar va ba'zi xonalarning joylaşişi haqidagi oddiy savollarga javob bera oladi.