Toşkent şahrida xalq murojaatlari bilan işlaş jadal sur'atlarda davom etmoqda. Xalq manfaatlaridan kelib çiqib, muammolar öz örnida, tezkorlik bilan hal etilmoqda. Ayniqsa, kuz-qiş mavsumi bilan boğliq muammolar odamlarni qiynab keladi. Xöş, bu borada mahalliy hokimiyat tomonidan qanday amaliy çora-tadbirlar körilmoqda. Xizmat xodimlari, sektor rahbarlari, tuman Xalq qabulxonalari mudirlari va tegişli sohalar mutaxassislaridan iborat 11 ta işçi guruhi tuzilib, Toşkent şahrining eng çekka hududlari, uy-joylar, ijtimoiy soha obektlari, bozorlar va savdo nuqtalaridagi ahvol örganib borilmoqda.

Hududlarda mavjud muammolarni tezkor ravişda aniqlaş va ularni bartaraf etiş yuzasidan zudlik bilan zarur çoralar köriş maqsadida Toşkent şahar hokimligi rahbariyati, Toşkent şahridagi barça Sektor rahbarlari (44 ta) hamda monitoring guruhining barça a'zolari örtasida “Telegram” mobil dasturi orqali aloqa örnatildi.

KUN.UZ tahririyatiga berilgan ma'lumotlarga köra, 7 dekabr kuni poytaxtdagi Markaz-14 mavzesida obodonlaştiriş işlari olib borilgan. Bundan taşqari, Markaz-13 dagi 19-umumiy örta ta'lim maktabida ham xuddi şunday tadbirlar amalga oşirilgan.

Kuz-qiş mavsumida mavjud muammolarni tezkor ravişda hal etilişi yuzasidan ham turli çora-tadbirlar körilmoqda. Masalan, Aviasozlar-4 mavzesining 65-uyi kapital ta'mirdan ötgan. Olmazor tumanidagi Kelis yöli, 2-uy, 39-xonadondagi issiqlik ta'minoti bilan boğliq muammo öz joyida yeçimini topgan. Qöyliq-4 mavzesidagi 42-uyning 1-xonadonidagi issiqlik ta'minotining yaxşilangani ham xonadon egalarining minnatdorçiligiga sabab böldi.

Bunga öxşaş misollarni köplab keltiriş mumkin. Aytiş örinliki, bu kabi tezkor çora-tadbirlar va amaliy harakatlar körsatişda poytaxtning Sergeli, Olmazor, Mirobod va Şayxontohur tumani hokimiyati mutasaddilari jonbozlik körsatişmoqda. 

Şunga öxşaş amaliy harakatlar Toşkent şahrining boşqa çekkalarida ham davom etmoqda.