Ba'zan ayrim haydovçilar yoqilğini tejaş ilinjida ma'lum bir tezlikka erişganidan söng maşina transmissiyasini neytral holatga tuşirişiga köpçilik guvoh bölgan. Biroq bu bilan yoqilği tejalişiga umid qilmasa ham böladi. 

Ammo köplab avtohavaskorlar imkon topdi degunça, bu usuldan foydalanişga urinadi. Ular şu yöl bilan yoqilğini tejayman, deb öylaşadi. Ayniqsa, tepalikdan pastga tuşişda harakatlaniş inersiyasidan qanday foydalanmaslik mumkin, axir? Lekin bu birinçidan xavfli amaliyot bölsa, ikkinçidan yoqilğini tejaşni yöqqa çiqaradigan işdir. Lifehacker.ru saytida e'lon qilingan maqola şu haqda. 

Bir qaraşda muammo nimada ekanini tuşuniş qiyin. Mantiqan baholaganda barçasi işlaşi kerak: neytral uzatmada dvigatel ortiqça zöriqmasdan işlaydi va şunga köra yonilği sarfi kamayadi. Uzatma boşqa bölganida yoqilği silindrga sepiladi va bekorga sarflanadi. Aslida barçasi aksinça böladi. 

Siz gaz pedalini qöyib yuborganda yoqilğini silindrga sepiş şundoq ham töxtaydi. Hatto eski karbyuratorli avtomobillarda ham şunday böladi. Neytral uzatmada esa, motor past aylanmada işlaşda davom etadi, bunda bir soatda motor hajmidan kelib çiqqan holda 2 litrgaça yoki undan köproq benzin sarflanişi mumkin. 

Neytral uzatmada maşina dvigateli öçib qolmasligi uçun motor aylanişi daqiqasiga 1 000 aylanmada uşlab turiladi. Dvigatel bilan tormozlaşda bu ğildiraklar hisobiga amalga oşadi va yoqilği sarflanmaydi. 

Şunday qilib, yoqilği tejaş ilinjida, biz yoqilğini sarflayotganimiz oydinlaşadi. Bundan taşqari özimizni xavf ostiga qöyganimiz ortiqça. Tepalikdan pastga neytral uzatmada tuşayotganda ğildiraklarning yöl bilan işqalanişini yomonlaşadi, şunga köra, maşinani boşqariş ham qiyinlaşadi. Bundan taşqari, tormozdan köproq foydalanişga töğri keladi, bu esa, tormoz kolodkalari qizişiga hamda tormoz tizimining işdan çiqişiga olib kelişi mumkin. 

Umuman olganda, avtomaktablarda tepalikdan pastga harakatlanayotganda dvigatel bilan tormozlaş qoidasi örgatiladi, neytral uzatmaga oliş taqiqlanişidan ogoh etişadi. Şunday ekan, bu maslahatlarga amal qilgan maqsadga muvofiq. Bu qoidani buzib, siz foyda körmaysiz, aksinça yanada qiyin vaziyatga tuşib qolişingiz mumkin. 

Safaringiz doimo bexatar bölsin!