Geofiziklar suv osti seysmografi yordamida akustik anomal holatni qayd etişdi, ular okean tubidagi erkin tebranişlar tufayli yuz bergan. Tegişli tadqiqot Geophysical Research Letters jurnalida e'lon qilindi.

Ularni eşitiş imkoniyati inson quloğining qabul qiliş minimal tösiğidan ön ming marotaba kamroq bölgan. Ilk bor şunday fenomen 1998 yilda hujjatlarga kiritilgandi, biroq öşandan beri uning kelib çiqiş sababi noma'lumligiça qolmoqda. Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, “şovqin” hattoki nol darajali seysmik faollikda ham kuzatiladi.

Yangi ma'lumotlar Fransiya va Germaniyadan bölgan hamda Parijdagi Yer fizikasi institutilik Marta Din boşçiligidagi olimlar guruhi tomonidan olindi. Geofiziklar Hind okeani tubidagi tebranişlarni 4540 va 4260 metrlik ikki nuqtada ölçaşdi hamda çastotasi 2,9 dan 4,5 milligers bölgan doimiy tovuş tölqinlarini aniqlaşdi.

Tadqiqotda fenomenni tuşuntirib berişi mumkin bölgan bir neça farazlar ham taqdim etildi. Xususan, olimlarning taxminiça, “şovqin” yoki atmosfera va yer qobiği örtasidagi akustik rezonans sababli, yoxud qattiq yuzaning okean tölqinlari bilan özaro aloqasi tufayli paydo bölişi mumkin.