Angliya premer-ligasida bu hafta eng markaziy uçraşuvlar bölib ötişi kutilmoqda. Çempionlik uçun kuraş olib borayotgan ikki Mançester jamoasi örtasidagi uçraşuvning özi köp narsani anglatib turibdi. Bundan taşqari, London va Liverpulda ham uzoq tarixga ega derbilar bölib ötadi. Tribuna.Uz an'anaga muvofiq dunyoning eng tomoşabop çempionati öyinlariga batafsil töxtaladi.
Vest Hem - Çelsi
Boşlanşi vaqti: 17:30
Translyatsiya: Futbol TV, Matç! Futbol 1

Öyinoldi qiziqarli faktlar
«Çelsi» Premer-liga doirasida «Vest Hem»ga qarşi sönggi 22 uçraşuvning faqat 2tasida mağlubiyatga (16 ğalaba, 4 durang) uçragan. Ötgan mavsumdagi ikkala uçraşuvda ham 2:1 hisobida ğalaba qozongan.
«Vest Hem» hozirda Premer-ligada ketma-ket 8 uçraşuvdan buyon ğalaba qozona olmayapti (3 durang, 5 mağlubiyat), bu jamoaning 2015 yil dekabrda qayd etgan eng yomon natijasiga teng.
Devid Moyyes amaldagi çempionlarga qarşi boşqarayotgan jamoasi uyida ötkazgan sönggi beşta uçraşuvning 4tasida ğalaba qozongan, eng qiziği raqiblarning uç nafar italiyalik murabbiylar (Karlo Ançelotti, Roberto Mançini va Klaudio Raneri) bölgan.
Eden Azar «bolğaurarlar»ga qarşi Premer-Liga doirasidagi sönggi 8 uçraşuvda qatnaşib, 7ta golda (4ta gol, 3ta golli pas) iştirok etgan.
Yöqotişlar
«Vest Hem»da yangi yöqotişlar yöq. Çiçarito umumiy guruhga qaytgan va bu uçraşuvda maydonga tuşişi mumkin.
«Çelsi» tarkibida David Luiz va Denni Drinkuoter jarohati sabab maydonga tuşa olmaydi.
Tottenhem - Stok Siti
Boşlaniş vaqti: 9 dekabr, 20:00
Translyatsiya: Matç! Futbol 1
Öyinoldi qiziqarli faktlar
«Tottenhem» «Stok Siti»ga qarşi APL doirasidagi sönggi uçta uçraşuvda bir xil 4:0 hisobida ğalaba qozongan. Hozirgaça heç bir jamoa APLda biror raqibini ketma-ket tört marta 4 yoki undan köproq gol kiritgan holda mağlub etişning uddasidan çiqa olmagan.













