«Tribuna» Angliya premer-ligasining 33-tur uchrashuvlarining asosiy voqealarini keltiradi.

Gvardiola: qatorasiga ikkinchi mag‘lubiyat

Foto: Premer liga

«Manchester Siti» - «Manchester Yunayted» - 2:3 (2:0)
Gollar: Kompani, 25 (1:0). Gundo‘g‘an, 30 (2:0). Pogba, 53 (2:1). Pogba, 55 (2:2). Smolling, 69 (2:3).

O‘yindan keyingi flesh-intervyu vaqtida «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiolaga odatdagi savol berildi: «Bugun nima bo‘ldi?». Murabbiy esa kuldi va oddiygina javob qaytardi: «Biz 2:3 hisobida yutqazdik».

Bu vaziyatda u kulgilik emas, yig‘lamoqdan beri edi. «Manchester Siti» birinchi bo‘limda «Yunayted»ni qismlarga bo‘lib tashladi, Gvardiolaning shogirdlari maydonning har qismida to‘la ustunlik ko‘rsatishdi, «qizil iblislar» esa juda yomon o‘yin ko‘rsatishdi, «shaharliklar» jamoasi muxlislari chempionlikni nishonlashga hozirlik ko‘ra boshlashdi. Ammo chempionlik uchun ikkinchi bo‘lim boshida ikki gol o‘tkazib yubormaslik kerak edi.

Foto: Premer liga

Ikkinchi bo‘lim boshida «Etihad»da sochining bir qismini ko‘k rangga bo‘yagan Pol Pogba o‘zini ko‘rsatdi va dubl qilib, hisobni tenglashtirdi. Keyin esa Smolling standart vaziyatdan gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

Foto: Premer liga

«Tanaffusda Mourino biz «Siti» chempion bo‘lishini tomosha qilib turadigan masxarabozlar bo‘lmasligimiz kerakligini aytdi», dedi g‘alaba goli muallifi o‘yindan keyin mikst-zonada bergan intervyusida.

«Yunayted» kutilmaganda ashaddiy raqibini safarda yengdi va ularning o‘z maydonlarida chempionlikni tantana qilishlariga to‘sqinlik qilishdi. 

Lekin o‘yindan keyingi matbuot anjumani vaqtida Joze Mourino hamkasbi Xosep Gvardiolani chempionlik bilan tabriklab ulgurdi.

Hozircha «Manchester Siti» chempionlikni qachon va qayerda tantana qilishi ma'lum emas. Jamoa keyingi turda «Tottenhem» mehmoni bo‘ladi, ungacha, seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida «Liverpul»ga qarshi muhim bahs o‘tkaziladi.