Özbekiston Respublikasi IIV Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi matbuot xizmati ötgan hafta mobaynida sodir bölgan yonğinlar töğrisida ma'lumot berdi.
Farğona viloyati Toşloq tumanida yaşovçi fuqaro Ş.A.ning uyida maişiy gaz ballondan foydalanişda ehtiyotsizlik oqibatida yonğin sodir bölib, uyning 100 kv. metr maydonda tomi, şift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yöq.
Farğona viloyati Marğilon şahrida joylaşgan «Natsional Silk Kotton» MÇJga tegişli ip yigiruv korxonasining omborxonasida yonğin sodir bölib, omborxonaning 90 kv. metr maydonda tom va içki qismi hamda yonğin qöşni yaşaş uylariga ötişidan 30 kv.metr maydonlarda tom qismlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yöq. Yonğin holati yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Yonğin sababi aniqlanmoqda.
Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahar Hamroh köçasi 4-uy oldida turgan «Vagon Depo» AJga tegişli «Damas» rusumli avtomobilda elektr simlarning qisqa tutaşuvi natijasida yonğin sodir bölgan. Yonğin natijasida avtomobil butkul yonib zararlangan. Yonğin öçiriş vaqtida avtomobil haydovçisi J.S. kuyiş tan jarohati olib şifoxonaga joylaştirilgan.
Toşkent şahar Mirobod tumanida yaşovçi fuqaro T.K.ning uyida sigareta çekişda ehtiyotsizlik oqibatida yonğin sodir bölib, 15 kv. metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan hamda yonğin öçiriş vaqtida uy egasining tutundan dimiqqan holdagi jasadi topilgan.
Farğona viloyati Qöqon şahrida yaşovçi D.A.ning uyidagi isitiş peçi mörisining nosozligi natijasida yonğin kelib çiqib, uyning 100 kv.m. maydonda tomi, şifti qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yöq.
Toşkent şahar M.Uluğbek tumanida yaşovçi fuqaro L.P.ning uyida yonğin sodir bölib, uyning 5 kv.m. maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yonğin oqibatida uy egasining öğli kuyiş tan jarohati olgan. Yonğin holati yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Yonğin sababi aniqlanmoqda.
Buxoro viloyati Jondor tumanida yaşovçi I.J.ning uyidagi isitiş peçi mörisining nosozligi natijasida yonğin kelib çiqib, uyning 120 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yöq.











