Arab davlatlari ligasi (ADL) taşqi işlar vazirlari kengaşining Qohiradagi yiğilişi yakunlariga köra, arab davlatlari AQŞdan Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oliş qarorini bekor qilişni talab qilişdi.
“Kengaş AQŞdan Al-Quds böyiça qarorini bekor qilişni talab qiladi va Isroilni 1967 yil 4 iyundan boşlab falastin va arab yerlarini noqonuniy egallab olişini töxtatiş uçun xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda BMT rezolyutsiyasini bajarişga majbur qilmoqçi”, deb aytilgan ADL bayonotida.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 6 dekabrda Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinişini e'lon qilgandi.
Arab davlatlari fikriça, bu qaror xalqaro huquq tamoyillarini buzadi va BMT Xavfsizlik kengaşining rezolyutsiyalariga zid keladi. “Bu qarorning heç qanday qonuniy natijasi yöq, u faqatgina tinçlikka erişiş böyiça sa'y-harakatlarni yöqqa çiqaradi, keskinlikni avj oldiradi, yanada ham köproq adovatni vujudga keltiradi va butun Yaqin Şarqni zöravonlik, tartibsizliklar, qon tökilişi va beqarorlik jariga qulatiş bilan xavf soladi”, deb aytdilar arab davlatlari vazirlari.
Şuningdek, ADL va Islom hamkorligi taşkiloti AQŞning Al-Quds böyiça qaroriga qarşi birgalikdagi axborot kampaniyasini boşlamoqçi. Bu kampaniyadan maqsad xalqaro hamjamiyatga Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinişining xavfli ekanligini isbotlaşdan iborat.
“ADL kengaşi Islom hamkorlik taşkiloti bilan birgalikda ADLning boş kotibiyatiga AQŞning qarori, Isroilning Al-Qudsdan musulmonlarni ham, nasroniylarni ham siqib çiqarişga qaratilgan harakatlari xavfli ekanini tuşuntiriş böyiça xalqaro axborot kampaniyasini boşlaşni taşkillaştiriş vazifasini topşirdi”, deb aytilgan xabarda.
Bundan taşqari, ADL Al-Quds aholisini qöllab-quvvatlaş uçun Al-Quds va Al-Aqso jamğarmasini moliyalaştirişni köpaytirişga çaqirdi.














