Arab davlatlari ligasi (ADL) kengaşi Qohirada taşqi işlar vazirlari iştirokida ötgan yiğiliş yakunlariga köra 1967 yil 4 iyundagi çegaralarga ega, poytaxti Al-Qudsda bölgan Falastin davlatining xalqaro tan olinişiga çaqirdi.
Arab davlatlari BMT Xavfsizlik kengaşidan AQŞning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan oliş qarorini körib çiqişni söraşmoqçi. ADL AQŞdan bu qarorini bekor qilişni talab qildi.
Yaqin Şarqdagi vaziyatni tartibga soliş böyiça tinç taşabbusni ilgari suriş arab qömitasiga Vaşingtonning bu qarori siyosiy samarasini yöqqa çiqariş uçun xalqaro hamjamiyat, turli xalqaro taşkilotlar bilan işlovçi komissiyani tuziş vazifasi topşirildi.
Arab davlatlari tinçlik jarayoni va ixtilofni ikki davlatning tinç-totuv mavjud bölişi tamoyili asosida tartibga solişga sodiqliklarini yana bir bor ta'kidlab ötişdi.
ADL kengaşi vaziyatni baholaş va keyingi harakatlar böyiça kelişib oliş uçun bir oydan keyin yana uçraşuv ötkazişni rejalaştirmoqda. Xususan, arab davlatlari Al-Quds böyiça Iordaniyada favqulodda sammit ötkazişlari mumkin.
Eslatib ötamiz, AQŞ prezidenti Donald Tramp 6 dekabrda Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinişini e'lon qildi. Bu qaror mintaqadagi bir qator davlatlar rahbariyatlari tomondan qoralagan va aholisi tomondan ommaviy noroziliklar bildirilişiga sabab bölgan.














