Arab davlatlari taşqi işlar vazirlari AQŞning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olişga doir qarorini halokatli xato sifatida baholab, uni qaytarib olişga çaqirişdi, zero bunday qaror Vaşingtonni "bosqinçilar" bilan bir qatorga qöyadi. Associated Press şu haqida xabar berdi.

Bundan taşqari, TIV rahbarlari BMT Xavfsizlik Kengaşi (XK)ni AQŞ prezidenti Donald Trampning Al-Quds böyiça qarorini qoralovçi rezolyutsiyani qabul qilişga çaqirişmoqda. Falastin TIV rahbari Riyod Al-Malikiyning ma'lum qilişiça, BMT XK rezolyutsiyasi vetolangan taqdirda, arab mamlakatlari BMT Boş Assambleyasi tomonidan rezolyutsiya qabul qilinişini qat'iy talab qiladi.

9 dekabr kuni arab mamlakatlari vazirlari Qohirada şoşilinç maslahatlaşuvlar uçun uçraşişdi. AP'da ta'kidlanişiça, TIV rahbarlari tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyada AQŞga nisbatan qandaydir çeklovlar (masalan, Amerika tovarlariga boykot e'lon qiliş yoki diplomatik munosabatlarni kamaytiriş) haqida gap yöq. Şunday bölsa-da, ba'zi davlatlar vakillari sanksiyalar kiritişni taklif qilişgan.

Manbaga köra, arab davlatlari vazirlari bir oydan keyin yana uçraşişadi.

Ta'kidlaş joizki, 6 dekabr kuni Donald Tramp AQŞ Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olişi va öz elçixonasini öşa yerga köçirişi haqida e'lon qilgandi. Bunday qaror hatto Vaşingtonning eng yaqin ittifoqdoşlari tomonidan ham tanqid ostiga olindi.