10 dekabrda Stokgolmda 2017 yil uçun tibbiyot va fiziologiya, fizika, kimyo va adabiyot hamda iqtisodiyot böyiça Nobel mukofotlari öz egalariga topşiriladi.
Mukofotlarni topşiriş marosimi Kontsert zalida Toşkent vaqti bilan soat 20.30da boşlanadi. Nobel mukofotlarining yangi egalari nomlari oktabr boşida e'lon qilingandi. Ular 11 kişini taşkil qiladi va ularning barçasi marosimda iştirok etadi.
Mukofotlar topşirilişi har doim 10 dekabrda – Alfred Nobelning vafot etgan kuni bölib ötadi va Oslodagi ratuşada boşlanadi. Nobelning vasiyatiga köra, tinçlikni mustahkamlaş uçun mukofot aynan şu yerda öz egasiga topşiriladi. 2017 yilda unga Yadroviy qurolni taqiqlaş böyiça xalqaro kampaniya ICAN munosib topildi. Tinçlik uçun mukofotni topşiriş marosimi Toşkent vaqti bilan 17.00da boşlanadi. ICAN taşkiloti 2007 yilda taşkil etilgan va 100 dan köproq davlatdagi 460 jamoatçilik taşkilotini birlaştiradi. Uning boş idorasi Jyenevada joylaşgan. Taşkilot nomidan mukofotni uning ijroçi direktori Beatris Fin va 1945 yilda Xirosima atom bombardimonini boşdan keçirgan va yadroviy qurolni taqiqlaş kampaniyasining faoliga aylangan Setsuko Turlov oladilar.
Fiziologiya va tibbiyot uçun Nobel mukofoti amerikalik professorlar Jyefri Xoll, Maykl Rosbaş va Maykl Yangga “hujayra soatlari”ni oçganlari uçun topşiriladi. Hujayralarning avtonom “içki soatlari” uyqu, gormonal daraja, harorat va moddalar almaşinuvi kabi muhim jarayonlarni nazorat qiladi. Hujayralarning yaxşi işlovçi ritmi organizmning soğlom bölişi uçun muhimdir.
Fizika böyiça Nobel mukofoti kelib çiqişi germaniyalik bölgan, AQŞda işlovçi Rayner Vayss hamda amerikalik professorlar Barri Beriş va Kip Tornga topşiriladi. Ular bu mukofotni lazer-interferometrik gravitatsion-tölqinli observatoriya LIGO işiga qöşgan hissalari uçun olişmoqda. Bu gravitatsion tölqinlarni tajribaviy aniqlaşni mumkin qildi. Gravitatsion tölqinlar mavjudligi taxminini 100 yil avval Albert Eynşteyn ilgari surgan. LIGO 20 ta davlatning 80 ga yaqin ilmiy taşkilotidan mingdan köproq olimning birgalikdagi loyihasi böldi.
Kimyo böyiça mukofot AQŞda işlovçi, kelib çiqişi germaniyalik bölgan Yoaxim Frank, Jak Debuşi (Şveytsariya) va Riçard Xendersenga (Buyuk Britaniya) krioelektron mikroskopiyani yaratganlari uçun topşirilmoqda. Bu usul “biokimyo xaritasida” köplab mavhumliklarni töldirişga imkon beradi. Endi olimlar bu usul evaziga biomollekulalarni harakat vaqtida muzlata oladilar va avval heç ham kuzata olmagan jarayonlarni kuzatişlari mumkin.
Şved tili va adabiyotini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş uçun 1786 yilda taşkil etilgan Şved akademiyasi bugungi kunda adabiyot böyiça Nobel mukofotini beriş uçun mas'ul hisoblanadi. U bu mukofotni kelib çiqişi yaponiyalik bölgan britaniyalik yozuvçi Kadzuo Isiguroga berişga qaror qildi. Akademiklarning ta'kidlaşiça, yozuvçi ijodi katta hissiy kuç bilan ajralib turadi. Isiguro tadqiq qiladigan mavzular xotira, vaqtning inson taqdiridagi ahamiyati va öz-özini aldaş kabilarga taalluqli.











