Texty.org.ua tahliliy markazi Yevropa davlatlarida soliqlar tölangandan keyin örtaça oylik maoş qançani taşkil qilişini örganib çiqdi.

Aniqlanişiça, bu borada Ukraina Yevropa davlatlari orasida eng qoloği hisoblanadi. Bu yerda soliqlar tölangandan keyin qoladigan örtaça maoş 190 yevroni taşkil qiladi. Uşbu körsatkiç Moldovada 216 yevroni, Ozarboyjonda 232 yevroni, Rossiyada 474 yevroni taşkil qilar ekan. Rossiyani bu borada Yevropaning 10 ta yetakçi davlati ortda qoldirgan. 

Rossiyadan keyingi örinlarni Ukraina, Moldova va Ozarboyjondan taşqari. Armaniston, Gruziya, Belarus, Qozoğiston, Albaniya, Makedoniya va Serbiya egallamoqda.   

Eng katta örtaça maoşlar esa Şveytsariya (4421 yevro), Islandiya (3440 yevro) va Norvegiyada (3405 yevro) ekanligi aniqlangan.