Ayni kunlarda Özbekistonning barça viloyatlarida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik, mavjud muammolarni bartaraf etiş va murojaatlar bilan işlaş tadbirlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Uşbu mavzuga taalluqli maqola Toşkent şahri misolida KUN.UZ sayti orqali e'lon qilindi. Unda yuqoridagi masalalar böyiça jadal ravişda olib borilayotgan işlar misollar orqali keltirib ötilgan.
Ma'lumotlarga köra, poytaxtdagi mavjud muammolarni tezkor ravişda aniqlaş va ularni bartaraf etiş yuzasidan zudlik bilan zarur çoralar köriş maqsadida Toşkent şahar hokimligi rahbariyati, Toşkent şahridagi barça Sektor rahbarlari (44 ta) hamda monitoring guruhining barça a'zolari örtasida “Telegram” mobil dasturi orqali aloqa örnatilgan.
Şu asnodan kelib çiqib, KUN.UZ tahririyati poytaxt aholisidan kommunal muammolar, obodonçilik, ta'lim va soğliqni saqlaş tizimi hamda boşqa masalalar böyiça murojaatlarni qabul qiladi. Yuborilgan murojaatlar soha vakillariga taqdim etiladi va öz örnida yeçimini topişga bevosita sabab böladi.
Bu faqat poytaxt misolida. Respublikaning barça viloyatlaridagi mahalliy hokimiyat vakillari ana şunday tadbirlar taşkil etilişidan, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda xalq murojaatlari bilan işlaşidan barçamiz manfaatdormiz. Özbekistonning boşqa viloyatlari hokimiyat vakillari şu tariqa izçil işlarni amalga oşirişiga umid qilib qolamiz.
Sohalardagi mavjud muammolarga hukumat darajasida e'tibor qaratilmoqda va prezident raisligidagi yiğilişlar ötkazilib, mas'ullarga tegişli topşiriqlar berilmoqda. Qişning sovuq kunlari kelişi munosabati bilan hukumat bu masalaga ham e'tibor qaratadi va aholi muammolari hal etiladi, degan umiddamiz.
Yaşaş hududingizda kommunal xizmatlar bilan boğliq muammolar bölsa, tahririyatga murojaat qiling.
Murojaatlarni uşbu havola orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborişingiz mumkin!











