Ispaniya soliq xizmati «Real» hujumçisi Kriştianu Ronalduning soliqlarni tölaşdan böyin tovlagani böyiça ayblovlar berişda davom etmoqda. Bu haqda As naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, 22 dekabr kuni Posuelo şahrida navbatdagi sud majlisi bölib ötadi. Unda 32 yoşli portugaliyalik futbolçining 2011 yildan 2014 yilga qadar bölgan davrda 14,8 million yevro miqdoridagi soliqlarni yaşirgani böyiça iş köriladi.
Agar Ronalduning aybi isbotlansa, u Ispaniya xazinasiga kamida 30 million yevro tölaşiga töğri keladi. Bu summa içiga 14,8 million yevro soliq, jarima va qöşimça foizlar qöşiladi.
Eslatib ötamiz, öz vaqtida «Barselona» hujumçisi Lionel Messi ham xuddi şunday muammo sabab 30 million yevro tölaşga majbur bölgandi.












