Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shoshilmaslikni so‘rashgandi. Lekin kuta olmasdik». Prezident erkin konvertatsiyaga o‘tish jarayonini esladi
Toshkentda 7 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident yig‘ilish davomida O‘zbekistonda erkin konvertatsiya joriy etilishi haqidagi fikrlarini aytib o‘tdi.
«Konvertatsiya - orzu havas edi. Iqtisodni tushunganlar buning muhimligini biladi.
Atrofimdagilar, iqtisodchilar ham shoshilmaslikni so‘radi. Qancha kutish kerak dedim. 3 yil deyishdi. Odamlar 25 yil kutdi, yana kutishi kerakmidi?
Bu qiyin. Lekin aql bilan, vazminlik bilan hisob-qilsak, O‘zbekistonning imkoniyati ko‘p davlatlarda yo‘qligini ko‘ramiz.
Boshqa davlatlar bilan O‘zbekistonning boyligini taqqoslab bo‘lmaydi. Gazimiz bor, tillamiz bor, uranimiz bor, paxtamiz bor, meva-sabzavotimiz bor. Mehnatkash xalqimiz bor.
Biz konvertatsiya qilmay, yana 50 yil kutishimiz kerakmidi? Kutishga hech qanday haqqimiz yo‘q edi. Erkin konvertatsiyaga o‘tdik, mana hammasi yaxshi bo‘ldi», degan prezident.
Eslatib o‘tamiz, 2 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyevning «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi va 5 sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab erkin konvertatsiya amaliyoti joriy etilib, banklarda valyuta sotilishi yo‘lga qo‘yildi.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025