AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati 2018 yil yanvarda mamlakatdagi transport infratuzilmasini tiklaş böyiça dasturni taqdim qilmoqçi. Bu maqsadlar uçun bir trillion dollar sarflanadi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal naşri.
Tramp maslahatçilari infratuzilmani tiklaş uçun federal byudjyetdan 200 mlrd dollar ajratilişini taklif qilişmoqda. Qolgan 800 mlrd dollar esa xususiy sarmoyaçilar va hududiy hokimiyatlar tomonidan ajratilişi kerak. Buning uçun ma'muriyat federal byudjyetdagi qolgan moddalar böyiça xarajatlarni qisqartiradi.
WSJ’ning yozişiça, AQŞ kongressi Tramp jamoasining bu taşabbusini ma'qullamasligi mumkin, çunki bunday qadam mamlakat byudjyeti taqçilligini yanada köpaytiradi. Biroq Tramp atrofidagilar boşqaça fikrdalar. Ular bu dastur AQŞ aholisi tomondan qöllab-quvvatlanişiga işonmoqdalar.












