Germaniya Taşqi işlar vazirligi rahbari Zigmar Gabriel Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi raisi Martin Şultsning 2025 yilga kelib Yevropa Qöşma Ştatlarini taşkil etiş haqidagi ğoyasini qöllab-quvvatladi. Bu haqda ARD telekanali xabar bermoqda.
«Siyosatçilarni har doim tanqid qilişadi, bunga ularning kelajakdagi rivojlaniş böyiça rejalari yöqligi sabab sifatida keltiriladi. Hamda hozir kimdadir – Martin Şultsda – Yevropaning kelajakdagi rivoji va taraqqiyoti böyiça yangi ğoya tuğildi, va barça unga darhol taşlandi», - deya aytib ötdi Şultsning partiyadoşi bölgan Gabriel.
Vazirning fikriga köra, Yevropa butun dunyo böylab yevropalik fuqarolar manfaatini himoya qiluvçiga aylanişi kerak. Hamda bu, uning ta'kidlaşiça, har bir davlat alohida siyosat olib boradigan bölsak, imkonsizdir.
«Dunyo özgarmoqda. Osiyo, Lotin Amerikasi, Afrika. Faqat Yevropa kiçraymoqda. Agarda biz bu borada qat'iy pozitsiyada turmasak, kelajakda farzandlarimiz ovozlaridan mahrum bölişadi», - deya xulosa qilgan Gabriel.
Avvalroq nemislarning aksariyati Yevropa Qöşma Ştatlarini taşkil etiş ğoyasiga qarşi çiqqani xabar qilingandi.












