Şanxayning Yanşan portida dunyodagi eng katta avtomatlaştirilgan konteyner terminali oçildi. Mahalliy "Penpay" axborot portalining yozişiça, terminal 10 dekabrdan sinov rejimida işlaşni boşladi.

Terminal sohil böylab 2350 metrga çözilgan bölib, uning maydoni 2,23 mln kvadrat metrni taşkil qiladi. Terminal töliq quvvat bilan işlay boşlagandan keyin uning yuk aylanmasi oyiga 4 mln TEU’ga (20 futlik standart konteyner) yetadi. Istiqbolda bu körsatkiçni 6,3 mln taga yetkaziş rejalaştirilgan. 

Terminal Xitoyda işlab çiqarilgan eng zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan hamda unda yuklaş-yuk tuşiriş işlari yuqori darajada avtomatlaştirilgan. Terminalda 26 ta köprikli kran, 120 ta relsli kran va 130 ta avtomatik boşqariluvçi transport vositasidan foydalaniladi.  

“Avtomatlaştirilgan terminal nafaqat portning umumiy yuk aylanmasini oşirişga, balki atrof-muhitga çiqariladigan karbonat angidrid gazi miqdorini 10 foizga kamaytirişga imkon beradi”, deb ma'lum qildi terminal oçilişida “Şanxay xalqaro porti” kompaniyasi prezidenti Çen Uyuan.

Şanxay konteyner portlari dunyo reytingida yetakçi örinni egallaydi. 2016 yil natijalariga köra, bu yerda yuk aylanmasi 37 mln ta TEU’ni taşkil qilgan.