Brent nefti narxi 65 dollardan oşdi. Bundan Londonning ICE birjasidagi savdolar darak bermoqda.
Uşbu turdagi neft narxi savdolar vaqtida 0,8 foizga oşib, bir barreli uçun 65,19 dollarni taşkil qilgan.
Oxirgi marta bu turdagi neft narxi 2015 yil 24 iyunida 65 dollardan köproqni taşkil qilgandi.
2017 yil 30 noyabrda OPeKka kiruvçi davlatlar va unga kirmaydigan 11 davlat (OPeK+) vazirlari neft qazib oliş hajmini qisqartiriş kelişuvini 2018 yil oxirigaça uzaytirişga qaror qilişdi. 2016 yil noyabri oxirida OPeK+ 2017 yil 1-yarmida neft qazib olişning örtaça kunlik hajmini 2016 yil oktabridagi hajmga nisbatan 1,8 mln barrelga qisqartirişga kelişişgandi. 2017 yil mayida kelişuvning barça iştirokçilari kelişuvning amal qiliş muddatini 2018 yil apreligaça uzaytirişga qaror qilişgan.












