OPEK+ tarkibiga kiruvçi sakkiz neft eksport qiluvçi davlat (Rossiya, Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Kuvayt, Qozoğiston, Jazoir va Ummon) noyabr oyidan boşlab neft qazib olişni kuniga 137 ming barrelga oşirişga kelişib oldi. Bu haqda OPEK saytida 5 oktyabr, yakşanba kuni uşbu davlatlar vakillarining video-konferens-aloqa orqali uçraşuvi yakunlari böyiça e’lon qilingan bayonotda aytildi.
Mamlakatlar, şuningdek, 2024 yil yanvaridan boşlab ortiqça işlab çiqarişni töliq qoplaş niyatini tasdiqladi.
3 oktyabr kuni Reuters manbalariga tayanib, OPEK+ neft qazib olişni köpaytiriş rejalari haqida xabar berdi. Reuters agentligining qayd etişiça, taşkilotning asosiy davlati Saudiya Arabistoni qazib olişni sezilarli darajada oşirişga intilmoqda, Rossiya esa oddiyroq oşirişni taklif qilmoqda.
Agentlik manbalariga köra, Moskva «neft narxiga bosimning oldini oliş uçun, şuningdek, sanksiyalar tufayli qazib olişni köpaytiriş qiyin bölişi sababli» noyabr oyidan boşlab uni kuniga 137 ming barrelga oşirişni taklif qilgan.
Ayni paytda Saudiya Arabistoni neft qazib olişni bir neça barobar köpaytirmoqçi edi: mos ravişda kuniga 274, 411 yoki 548 ming barrelgaça, çunki bu mamlakat qazib olişni tezda oşiriş imkoniyatiga ega va bozor uluşini oşirişni xohlaydi, deb yozgan Reuters jurnalistlari.

















