AQŞ prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni va OPEKni neft narxini yana tuşirişga çaqirdi. Uning fikriça, bu Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini tezroq töxtatişga yordam beradi.
«RBK-Ukraina»ning ma’lum qilişiça, Donald Tramp bu haqida Davosda ötkazilgan Jahon iqtisodiy forumidagi çiqişi vaqti ta’kidlagan.
«Men Saudiya Arabistoni va OPEKdan neft narxini yana tuşirişni sörayman. Ular bu işni nima uçun saylovgaça qilişmaganiga hayronman. Agar narxlar tuşganida, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi tez yakunlangan bölardi», — deydi Tramp.
Uning fikriça, neft narxi qimmat bölar ekan, uruş davom etadi. «Siz neft narxini tuşirib, uruşni tugatişingiz mumkin. Buni allaqaçon qiliş kerak edi, bu sizlar tomondan yöl qöyilgan mas’uliyatsizlik», — deya ta’kidlaydi AQŞ prezidenti.
Neftning eng yuqori narxi
«Katta sakkizlik» davlatlari Rossiya neftiga eng yuqori narxni 2022 yil oxirida joriy etgandi. Şundan keyin Rossiya Ğarb çeklovlarini çetlab ötiş va öz neftini odatdagi narxda sotiş evaziga «soyadagi floti»ni yaratdi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi sanksiyalarining 15-paketini «soyadagi flot»ga qaratdi. Sanksiyalar röyxatidan uçta mamlakatning 52 ta kemasi örin olgan.
Şuningdek, YeIga a’zo oltita mamlakat Yevropa komissiyasini G7 davlatlari tomonidan Rossiya neftining bir barreli uçun 60 dollar miqdorida örnatilgan narxini tuşirişga çaqirgan. Bu bozorda şok holatda yuzaga keltirmaydi, biroq Moskvaning Ukrainaga qarşi uruşini davom ettirişga yönaltirayotgan daromadlarini kamaytirişga xizmat qiladi.


















