LG Electronics kir yuviş maşinalari işlab çiqaruvçilari orasida yetakçi bölib, uning maslahatlariga işoniş mumkindir.
Zamonaviy kir yuviş maşinalari juda katta vaqt va kuçlarni tejaş imkonini berdi. Har bir yangi model kir yuviş rejimlarining katta tanlovini taklif etadi hamda uy şaroitida öta nozik matolar va ustki kiyimlarni u zararlanişidan xavfsiramay yuviş imkonini beradi. Biroq hattoki tajribali uy bekalarida ham qator savollar paydo böladiki, ularga javoblarni topiş oson emas. Kir yuvişning öziga xos jihatlari haqida LG Electronics bilan birga bilib olamiz.

5 kilogramm – bu qança
Işlab çiqaruvçilar kiyimlarni yuklaşning maksimal hajmini, albatta, körsatadi – 3, 5, 7 va hattoki undan ham köp kilogramm. Birinçi savol – gap kiyimni quruq yoki höl yuviş haqida ketmoqdami? Internet-forumlarga biroz nazar taşlab qöyiş ham iste'molçilar orasida yagona fikr yöqligini tuşuniş imkonini beradi. Şuning uçun belgilab olamiz: işlab çiqaruvçi har doim quruq kiyim-keçakning maksimal oğirligini körsatadi. Sizga qulaylik tuğdirişi uçun kiyim-keçaklar va yotoqxona çoyşablarining taxminiy oğirligi tasvirlangan jadvalni tuzib çiqdik. Masalan, TrueSteam funksiyasiga ega LG TurboWash kir yuviş maşinasida 8 kilogramm oğirlik hajmi yotoqxona körpa-töşagining töla komplektini, 2 ta katta va 2 ta kiçik soçiq, erkaklar sport kostyumi va bir neça futbolkani bir vaqtda yuviş imkonini beradi.


Ustki kiyimni maşinada yuviş mumkinmi?
Javob – ha! Biroq ba'zi çeklovlar bor: palto yoki çarmli kurtkani yuvişga urinmang. Partöşak yoki parkani qator qoidalarga rioya etgan holda muammolarsiz yuviş mumkin. Bizning tavsiyalar:
















